Bugun tong otmoqligi amrimahol,
Bugun yig'lab uyg'onadi O'zbekiston.
Yurakning har zarbasida bitta savol,
Bizni tashlab ketdingizmi jon Otajon?!
Gursillagan qadamingiz qayda endi,
Kulib turgan ko'zlaringni ko'rmoq armon.
Yurt otasi jannat degan joyda endi,
Bugun yeg'lab uyg'onadi O'zbekiston!
Bel bog'laydi million million og'loningiz,
Firg'onlardan tars yorilib ketar osmon!
Obod bo'lsin oxirgi makoningiz,
So'ngi yo'lga kuzatadi O'zbekiston!
O'lim haqdur! Sizni Olloh so'rab oldi,
Qarang Ota ko'z yoshlarim alvon alvon.
Buzruqvorim sizdan buyuk meros qoldi,
Yuragiga ko'mar sizni O'zbekiston!!!