Bu OVIR va kerakmas qonunlar, fuqaroning ozod bo‘lmasligi. Qulni kontrol qilib turishdek gap! "12 YIL QULLIKDA" degan kinoni ko‘rganmisizlar? Qulni bo‘yniga tamg‘a osib qo‘yilgan. Xuddi OVIRning ruxsati singari, uyiga kelib, bo‘ynidagi tamg‘ani, quldoriga topshiradi! Diktatura tuzumida shunday kerak emas qonunlar bilan xalqni ozodlikdan mahrum qilinadi", - degan xulosaga kelgan.
Lekin chiqish vizasi tartibini yoqlab fikr qoldirganlar ham bor.
Yulduz Burhonovaga ko‘ra: "Chiqish vizasi kerak. Axir uydan ketayotganda qayerga ketayotganimizni bizdan xavotir olishmasin deb, yaqinlarmizga aytib ketamiz-ku", - deya fikr bildirgan.