Xabarlarda yong‘in magistral gaz quvurida yuz bergan portlash oqibatida kelib chiqqani aytiladi. Hodisa o‘tgan kecha soat 21:00 larda sodir bo‘lgan.
Rasman bildirilgan ma‘lumotlarda hech qanday insoniy talofatlar yo‘qligi aytiladi. Rasmiylarga ko‘ra portlash ekin maydoni bo‘lgan dalada sodir bo‘lgan va shu sababdan ham jarohat olganlar bo‘lmagan. Ammo ba‘zi matbuot xabarlarida 10dan ortiq kishi tan jarohati olgani yozilgan.
Portlash sabablari haqida rasmiy izoh berilgani yo‘q.
Kun.uz sayti sayti portlash joyiga xavfsizlik kuchlari jalb qilinganini yozgan.
Ushbu gaz quvuri 1999 yilda Toshkent shahrining sharqiy qismini ta‘minlash maqsadida yotqizilgani aytilmoqda. Quvur sovet davrida qurilgan Qozog‘iston orqali o‘tuvchi yo‘lni aylanib o‘tish maqsadida qurilgan.
Hukumat doiralariga yaqin uzmetronom.com sayti portlash sabablariga bir necha omillarni keltirgan. Shulardan biri quvurning elektro kimyoviy ximoyasi yo‘qligi deb taxmin qilinmoqda. Ikkinchidan, qaz quvur yotqizilgan yer ustiga dehqonchilik maqsadida bog‘ rog‘ qilinishi yong‘inning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Yong‘in va portlash kuchli bo‘lganidan odamlar orasida sarosima kuzatilgan. Tezkor va rasmiy xabarning yo‘qligi aholi orasida mish mish va vahimalarning urchishiga sabab bo‘lgan.