Insonlarning qoni, joni, moli sariq chaqalik ahamiyatga ega bo'lmay qoldi. Jahonda neftni narxi tushgan sari urush xavfi yanada kuchayadigan bir payt bo'lib qoldi. Dunyoning eng zo'r davlatlariga faqatgina, nima qilib bo'lsa ham urush qilish, qon to'kish ilinjida bo'lib qoldi. Neftni narxini nima qilib bo'lsa ham ko'tartirish kerak. Neft zahiralariga boy bo'lgan kuchli musulmon davlatlariga qarshiliklarni kamaytirish uchun Amerika arab davlatlarini popugini pasaytirib kerak bo'lsa ikki yuz minglab tinch aholini fitna uyushtirtirib (diplomatik yo'llar bilan) yo'q qilib yuboryapti. Onalar, bolalar nimta-nimta bo'lib yo'q bo'lib ketyapti. Hech kimning hayoliga facebookdagi profilega Suriya yoki bo'lmasa Iroqni shaffof bayrog'ini ilib qo'ymayapti. Isroil Falastinni har yili ezib tursa, u yerda ham norasidalarni qonini to'kib tursa hech kim falastinni bayrog'ini facebookdagi basharasiga ilib qo'ymayapti. Suriya, Iroq va Falastindagilar odam emasda... Yoki Amerika, Isroil va ularga xayrixoh bo'lgan ya'ni Fransiyaga o'xshagan davlatlar musulmon davlatlarini ezib tursa ular hech qachon terrorist bo'lib qolmaydi balki haqiqiy terrorist- o'rtada, arosatda qolib ketayotgan "musulmonlar"dir.
E'tibor berilsa terror, terror faqat terrorizm haqida xabarlar, yangiliklar... Yildan yilga kuchayib turli va murakkab fitnalari avj olib ketdi. Hamma kaltak musulmonlarning boshida sinyapti. Nima uchun men, kecha bo'lgan hujumlarda halok bo'lgan odamlarga aza tutib facebookda Fransiyaning bayrog'ini ilib qo'yishim kerak ekan? Nima Fransiya aza turib qo'yibdimi?
To'g'ri, odamlar halok bo'ldi, qirilib ketdi. O'sha stadionida yig'ilganlar qo'rqqanidan maydonga tushib ketdi. Lekin bu navbatdagi stenariyni o'zlari saylab qo'ygan boshliqlar uyushtirib turgan bo'lsa, o'zlari ixotalab moliyalashtirib turgan bo'lsalar nega men ahmoq bo'lishim kerak? Suriyada, Iroqda ahvol bundan o'n battarku.
Bir hadis esimga tushib qoldi. Manbasi esimda yo'qku lekin muhtaram Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu a'layhi vasallam: "Shunday zamonlar keladiki insonlar nima uchun qatl qilinayotganini o'zlari bilmaydilar. Qatlomlar ko'payadi"... deb qiyomatning yaqin kelganiligi haqidagi alomatidan darak deb aytgan edilar.
Hullas qo'lida kapitali bor, katta mablag'i bor gigant kompaniyalar, tashkilotlar internet tagida o'tirib olib qachon urush boshlanar ekan, qachon Amerika yana ubu joyda urush qilar ekan, qachon Rossiya yana Afg'onistonga kirar ekan deb neft narxini yana ko'tarilishini poylab pul bozoridagi chayqovchilik (forex va shunga o'xshash) oldi berdisiga rosa zo'r kuch berib harakatga tushib qolishgan. Kechagi portlashlar esa ularni bir qop emas ikki qop semirtirib yubordi. Shuning uchun ham har qanday siyosatni jirkanchli ekanligiga shubham yo'q.
Nima bo'lganda ham Alloh fitnalardan omonda qilsin, jamiyki musulmonlarga kuchli farosat, fahm, mustahkam hidoyat bersin. Har kimga o'ziga yarasha muomala qiladiganlardan qilsin. Dinimizni xor qilmoqchi bo'lganlarni O'zining izzati, jaloli bilan xor qilsin...