Ushbu ziravor o'rami 2kg go'sht uchun mo'ljallangan bo'lib, undan go'shtni(qo'y,mol,cho'chqa,tovuq) sirkalash uchun foydalaniladi. Go'sht bo'laklarga bo'linib, unga to'g'ralgan piyoz(200gr),tuz, ziravor, taxminan 50g suv qo'shib yaxshilab aralashtiriladi va go'shtning sifatiga qarab 4-12 soatga qoldirish tavsiya etiladi. Tarkibi : zira, kashnich, ukrop, zanjabil, lavr bargi, qizil bulg'or qalampiri, qora murch, tuz.