Inson hayotda ko'p bor xato qilishi mumkin. Lekin bir xatoni bir necha marta qaytargan inson bu haqiqiy ahmoq insondir. Men ahmoqligimni o'zim bilaman, boshqalar yuzimga solmasa ham. Men aybdorligimni tan olaman, boshqalar "aybdorsan" deya ta'na qilmasa ham. Men birovlarni hayotidan chiqib keta olaman, ular meni hayotimdan, yuragimdan chiqib ketmasalar ham. Lekin men "uni sevmayman" degan yolg'onimga o'zimni ishontira olmayman, boshqalar ishonib bo'lgan bo'lsa ham ...