Britaniyada talaba qiz Nestle’dan umrining oxirigacha Kit-Kat shokoladi bilan ta'minlashni talab qildi
Londonlik talaba qiz Saima Ahmad vaflisi bo'lmagan 8 dona Kit-Kat shokoladini sotib olgandan keyin Nestle kompaniyasiga shikoyat qildi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.
Vaholanki, Kit-Kat shokolad bilan qoplangan vaflili shirinlik hisoblanadi.
"Kompaniya doimo mahsulotlarini o'ziga xosligini aytib reklama qiladi, biroq men xaridimdan ko'nglim qoldi", deb aytdi qiz va birorta ham kompaniya "vafli va shokolad uyg'unligini reklama qilmaydi" deb qo'shimcha qildi.
Qizning aytishicha, kompaniya kompensatsiya sifatida uni umrining oxirigacha Kit-Kat bilan ta'minlashi kerak.
"Men sifatsiz mahsulot uchun tovon olishni istayman. Shu bilan birga yendi mening Nestle’ga ishonchim yo'qoldi", deb aytmoqda qiz.
U shikoyat maktubida "ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar haqida doimo qayg'urishlari kerakligini" ta'kidlab o'tdi.